Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sherobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro B.D. “Mehnatobod” mahallasidagi “Sh.Z.” fermer xo‘jaligining 40 sotix sug‘oriladigan ekin yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 210 kvadrat metr maydonda qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)