Irkutskdagi ikki qavatli turar joy binosi ustiga ko‘p funksiyali Su-30 qiruvchi samolyoti qulab tushdi, deb xabar qildi Irkutsk viloyati hukumati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Samolyot shaharning Prjevalski ko‘chasidagi 32-uyda xususiy sektorda qulagan.
Su-30 sinov parvozi chog‘ida halokatga uchragan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida. Samolyotdagi ikkala uchuvchi ham halok bo‘lgani xabar qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, halokat joyida 200 kvadrat metr maydonda yong‘in chiqqan.
“Men voqea joyiga yetib bordim. Barcha bo‘limlar allaqachon shu yerda. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q”, — deb yozdi Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev o‘zining Telegram-kanalida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot zavodi yoki aeroport hududidan havoga ko‘tarilgan, shundan so‘ng u aloqani to‘xtatgan va Novo-Lenino mikrorayoniga qulagan.
Avvalroq Yeyskda bombardimonchi samolyot ko‘p qavatli uy ustiga qulab tushgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)