Daryo

Yeyskda bombardimonchi samolyot ko‘p qavatli uy ustiga qulab tushdi (video)

Samolyot qulashi oqibatida kuchli yong‘in kelib chiqdi. Natijada 6 kishi halok bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish44 951 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “News.ru”

Rossiyaning Su-34 bombardimonchi samolyoti Krasnodar o‘lkasidagi Yeysk shahridagi to‘qqiz qavatli turar joy binosi yaqinida halokatga uchradi, deb yozadi Meduza.

Foto: “News.ru”

17-oktabr kuni soat 18:20 atrofida to‘liq o‘q-dorilar bilan jihozlangan samolyot Krasnaya ko‘chasidagi 47/1-uy hovlisiga quladi. Halokatdan so‘ng samolyotning o‘q-dorilari portlagan, yong‘in 600 ga yaqin odam istiqomat qilgan ko‘p qavatli binoga o‘tgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan oldin samolyot past balandlikda, uylarning tomi ustida uchib o‘tayotgan bo‘lgan. Uning qulashiga sabab sifatida dvigatellardan birining ishdan chiqishi sabab bo‘lgani aytilgan.

Samolyot qulashidan kelib chiqqan yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 27 kishi jabrlangani haqida xabar berdi. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Qurbonlar orasida 8-10 yoshli 3 nafar bola ham bor.

O‘z navbatida, samolyot uchuvchilari parashyutdan sakrash yordamida halokatdan omon qolgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar