Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekiston tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti eng past bo‘lgan hududlar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, raqamlar Ohangaron shahri respublikadagi tug‘ilish koeffitsiyenti eng past hudud ekanini ko‘rsatmoqda. Shaharda har mingta fuqaroga 10,8 nafar tug‘ilish to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘rinlar quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Ohangaron shahri – 10,8 ta;
- Bo‘zatov tumani – 15,3 ta;
- Buxoro tumani – 15,6 ta;
- Tomdi tumani – 15,7 ta;
- G‘ozg‘on shahri – 15,8 ta;
- Kogon tumani – 15,8 ta;
- Taxtako‘pir tumani – 16,4 ta;
- Shumanay tumani – 16,5 ta;
- Qorao‘zak tumani – 16,9 ta;
- Boyovut tumani – 16,9 ta.
Izoh (0)