2022-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekiston 49 ta xorijiy davlatlarga qiymati 161 million dollarga teng bo‘lgan qariyb 180 ming tonna uzum eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, uzum eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 39,4 ming tonnaga oshgan. O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
- Rossiya – 96,8 ming tonna;
- Qozog‘iston – 37,8 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 12,2 ming tonna;
- Xitoy – 6,3 ming tonna;
- Turkiya – 5 ming tonna;
- BAA – 3,8 ming tonna;
- Belarus – 2,8 ming tonna;
- Iroq – 2 ming tonna;
- Ozarbayjon – 1,8 ming tonna;
- Eron – 1,8 ming tonna.
Qaysi hudud xorijga eng ko‘p uzum eksport qilgan?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 9 oyda hududlar kesimida uzum eksporti quyidagicha ko‘rinish olgan:- Farg‘ona viloyati – 49,6 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 35,8 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 19,5 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 17 ming tonna;
- Namangan viloyati – 12,2 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 12 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 11,3 ming tonna;
- Toshkent shahri – 8,7 ming tonna;
- Andijon viloyati – 5,1 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 2,3 ming tonna;
- Jizzax viloyati – 2,3 ming tonna;
- Navoiy viloyati – 1,4 ming tonna;
- Sirdaryo viloyati – 976,4 tonna;
- Qoraqalpog‘iston R. – 640 tonna.
Izoh (0)