Ba’zi Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qilar ekan, ular uchun foydali bo‘lgan sohalardagi cheklovlarga rozi emas. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Ma‘lum bo‘lishicha, Belgiya yangi sanksiyalar doirasida Rossiya olmoslariga nisbatan cheklovlar joriy etilishiga qarshi bo‘lmoqda.
Gretsiya Rossiya neftini tashish huquqini himoya qilishga harakat qilmoqda, Fransiya va boshqa ba’zi Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya yadro yonilg‘isini import qilishda davom etmoqchi.
Qayd etilishicha, Rossiya olmoslari bilan savdo hajmi qariyb 1,8 milliard dollar, uran bo‘yicha esa taxminan 200 million dollarga baholanmoqda.
Oktabr oyi boshida Yevroittifoq Rossiya tarkibiga to‘rt subyektning qo‘shilishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini kiritdi.
Yangi paket Rossiya neft narxlari va savdoni cheklash choralari uchun 7 milliard yevro miqdoridagi chegaraviy qonunchilik bazasini o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, Le Monde gazetasiga ko‘ra, Belgiya birinchi marta yakuniy hujjat bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya energetika haftaligi forumida so‘zlagan nutqida, Rossiya o‘z narxlarini cheklaydigan mamlakatlarga energiya manbalarini yetkazib bermasligini aytgandi.
Izoh (0)