Bloomberg Economics yangi prognoziga ko‘ra, AQSH iqtisodiyoti kelgusi 12 oy ichida muqarrar ravishda tanazzulga yuz tutadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ushbu prognozga ko‘ra, retsessiya ehtimoli 100 foizga baholanmoqda, bu bir necha o‘n yilliklar ichida eng yuqori darajaga yetgan doimiy yuqori inflyatsiya, Federal zaxira tizimining (Fed) pul-kredit siyosatining keskinlashuvi va o‘sib borayotgan geosiyosiy keskinliklar bilan bog‘liq.
Yangi prognoz AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakat iqtisodiyotida retsessiya bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas degan fikrni bildirganidan bir hafta o‘tib e’lon qilindi, — deb yozadi The New York Post.
Shu bilan birga, qisqaroq davr — keyingi 10 oy ichida retsessiya ehtimoli noldan 25 foizgacha ko‘tarildi.
So‘nggi oylarda yuqori iste’mol narxlari sharoitida, Fedning asosiy stavkani faol oshirishi fonida keng ko‘lamli retsessiya qo‘rquvi kuchaydi.
Investorlarning fikricha, Fed inflyatsiya dinamikasiga javoban pul-kredit siyosatini haddan tashqari qattiqlashtirishi mumkin, bu esa AQSH iqtisodiyotini uzoq davom etadigan retsessiyaga olib keladi.
Fed o‘tgan uchta yig‘ilishning har birida stavkani 75 bazaviy punktga oshirdi, ekspertlar noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda regulyatordan yana bir keng ko‘lamli o‘sishni kutmoqda.
Ko‘rsatkichlar oshishiga qaramay, sentyabr oyida inflyatsiya yillik ko‘rsatkichda 8,2 foizni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yetti oy ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Izoh (0)