“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi hukumatlari o‘rtasida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan.
Mazkur bitim 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Izoh (0)