Xorazm viloyati Urganch shahrida avtomobillarga mobil yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 8-avgust soat 19:47 da Xorazm viloyati, Urganch shahar, Jannatmakon ko‘chasida joylashgan avtomobillarga mobil yonilg‘i quyish shoxobchasi hududida yonilg‘i tashuvchi avtosisternadan yonilg‘i saqlash rezervuarga benzin to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
O‘tni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:56 da qurshab olingan va soat 20:06 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagani aytildi. Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida zapravka portlagani to‘g‘risida xabar qilingandi. Bu ushbu tumandagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan ilk holat bo‘lmagan. Joriy yilning 16-iyul kuni ham ushbu tumandagi gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yonilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 5 kishi vafot etgan.
Izoh (0)