AQSH federal sudlariga hujjatlarni topshirishning elektron tizimi keng ko‘lamli kiberhujumga uchradi. Bu haqda Politico gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Buzib kirish 4-iyul kuni aniqlangan. Nashrning ta’kidlashicha, buning oqibatida sudlarning maxfiy ma’lumotlari, jumladan, guvohlarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor bo‘lishi mumkin edi. Buzib kirilgan tizim ikki qismdan - jarayon ishtirokchilari hujjatlarni yuklash uchun foydalanadigan ishlarni boshqarish platformasi va fuqarolarning ushbu ma’lumotlarga cheklangan kirish platformasidan iborat. Tizimda guvohlar va ayblanuvchilar haqidagi ma’lumotlardan tashqari, qamoqqa olish va tintuv o‘tkazish uchun orderlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham mavjud.
Hozircha buzib kirishning aybdorlari va xakerlarning tizimga qanday kirgani noma’lum. Hujumda davlat tuzilmalariga aloqador shaxslar, shuningdek, jinoiy tashkilotlar gumon qilinmoqda.
Buzib kirish natijasida bitta sud okrugida 12 ga yaqin sud bayonnomasi qalbakilashtirilgan bo‘lishi mumkin. Nashrning sud tizimi vakillaridan biri “bunday darajadagi buzib kirish”ni ilk bor ko‘rayotganini aytdi.
Hodisa eng himoyalangan guvohlarga ta’sir ko‘rsatmagan, chunki alohida xavf ostida bo‘lganlarning haqiqiy ma’lumotlari Adliya vazirligining alohida tizimlarida saqlanadi.
May oyida AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irlagani xabar qilingandi.
Izoh (0)