• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Jiddiy filmlarning suratga olish jarayonida yuz bergan kulgili voqealar

    Jiddiy syujetli filmlarning sahna ortida ham kulgili lahzalar yashiringan bo‘ladi. Ba’zan aktyorlarning xatolari yoki kutilmagan holatlar butun jamoani kuldirib yuboradi. Shu kabi vaziyatlar dramatik sahnalarni ham esda qolarli qiladi.

    “Oddiy askar Rayanni qutqarish” — Stiven Spilberg allaqachon kashf etilgan g‘oyani qayta yaratgan

    -2
    Foto: Dzen

    “Oddiy askar Rayanni qutqarish” filmini suratga olish paytida Stiven Spilberg  yonida minomyot portlagan odam ko‘rishi mumkin bo‘lgan manzarani ko‘rsatishni o‘ylaydi. Bo‘g‘iq tovush va ko‘zlardagi jimirlashdan tashqari, Spilberg kamera silkinishi effektini qo‘shadi. Albatta, u kamerani shunchaki qo‘llari bilan silkita olmasdi, shu bois Stiven yanada qiziqroq usulni o‘ylab topadi: u professional kameraga oddiy drelni mahkamlamoqchi, operatordan 80 metr narida esa uzaytirgich orqali ma’lum vaqtlarda drelni ishga tushiradigan odam joylashtirilishi kerak edi. Shunda kamera tebrana boshlardi. Biroq operator Yanush Kaminski Spilbergga bu effekt kinoda anchadan beri qo‘llanilishini va u uchun hatto Image Shaker deb nomlangan maxsus obyektiv ham yaratilganini aytadi.

    “Ajoyib yigitlar” — Robert De Niro soxta pullarni yoqtirmagan

    Foto: Dzen

    Ko‘plab film va seriallarda soxta pullar ishlatiladi. “Ajoyib yigitlar” filmini suratga olish paytida Robert De Niro soxta pullarni yoqtirmaydi, shuning uchun u film ijodkorlarini haqiqiy pul ishlatishga majbur qiladi. Rekvizitlar uchun mas’ul bo‘lgan Bob Grifon bankka borib, ikki ming dollar naqd pul oladi. Boshqa bir nechta odam ham xuddi shunday qiladi, natijada De Niro har bir suratga olish kunida cho‘ntagida besh ming dollar olib yurardi. U bu pullarni doim sochib yuborardi: choychaqa berardi va kameralar oldida to‘lov qilardi. Tabiiy, hech kim haqiqiy pulni yo‘qotishni istamasdi, shuning uchun kameralar o‘chishi bilanoq, suratga olish maydonidagi hamma qotib qolardi, keyin esa Robert sochgan pullarni yig‘ishardi.

    “Troya” — Bred Pitt Erik Banega 750 dollar to‘lagan

    -5
    Foto: Dzen

    “Troya” filmiga Bred Pitt va Erik Bana allaqachon taniqli aktyorlar sifatida kelishgan edi. Erikni “Xalk” va “Qora lochin” filmlari orqali tanishsa, Bredni “Jangchilar klubi”, “Yetti” va “Tanishing, Jo Blek” kabi filmlaridan bilishardi. “Troya”da ular Gektor va Axilles rollarini ijro etishdi va bir nechta jang sahnalarida partnyor ham bo‘lishdi. Aktyorlar o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun dublyorlardan foydalanishlari mumkin edi, biroq ular oldindan uzoq tayyorgarlikdan o‘tishganligi sababli barcha sahnalarni o‘zlari bajarishga qaror qilishdi. Pitt va Bane bu borada kelishib ham olishadi: haqiqiy mushtlagan aktyor 50 dollardan 100 dollargacha to‘lashi kerak edi. Suratga olish ishlari yakunida Pitt Erikka yegan zarbalari uchun 750 dollar to‘laydi.

    “Interstellar” — Kristofer Nolan dalada makkajo‘xori o‘stirgan

    -6
    Foto: Dzen

    “Interstellar” filmini suratga olishda Kristofer Nolanga ulkan makkajo‘xori dalasi kerak bo‘ldi. U buni kompyuter grafikasi yordamida yaratishi mumkin edi. Biroq Nolan amaliy effektlarni kompyuter grafikasidan afzal ko‘rishi bilan tanilgan, shuning uchun makkajo‘xori dalasi masalasida ham xuddi shunday yo‘l tutdi. Kristofer grafika ishlatish o‘rniga, butun bir makkajo‘xori dalasini o‘stirish uchun odam yolladi. Nolan bu dalada xohlaganini qilishi, ayniqsa, pikapda yurishi mumkin edi. Eng qizig‘i shundaki, suratga olish tugagach, rejissyor dalani shunchaki tashlab ketmadi, aksincha hosilni yig‘ib, barcha makkajo‘xorini sotdi. Bu unga ancha-muncha foyda keltirdi.

    “Shindler ro‘yxati” — Spilberg mazkur filmi tufayli universitet diplomini olgan

    -3
    Foto: Dzen

    Mashhur rejissyor Stiven Spilberg o‘smirligida Kaliforniya shtatining Long-Bich davlat universitetiga o‘qishga kiradi. U Universal studiyasi uchun qisqa metrajli film suratga olib, hammani shunchalik hayratga soladiki, bir necha yillik rejissyorlik shartnomasini imzolash taklifini oladi. Tabiiyki, Stiven o‘qishni tashlab, erkin ijodga sho‘ng‘iydi va “Yura davri parki”, “O‘zga sayyoralik”, “Akula”, “Indiana Jons: yo‘qolgan sandiqni izlab”, “Askar Rayanni qutqarish” va “Shindler ro‘yxati” kabi filmlarni suratga oladi. Biroq ota-onasiga hurmat yuzasidan Stiven universitetga qaytishga qaror qiladi. Uning diplom ishi qolgandi, lekin u allaqachon “Shindler ro‘yxati” filmini o‘zining diplom ishi deb hisoblardi. Spilberg o‘zining mashhur filmlaridan biri tufayli diplom oladi. Qabul komissiyasi o‘zlaridan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan odamning ishini baholashga majbur bo‘lganida qanday ruhiy ziddiyatni boshdan kechirganini tasavvur qilish mumkin, xolos.

    “Qichqiriq” — Dryu Berrimor haqiqiy qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan

    -8
    Foto: Dzen

    “Qichqiriq” filmining syujeti Dryu Berrimor qahramoni atrofida qurilgan. Unga noma’lum telba odam qo‘ng‘iroq qiladi, so‘ngra qiz hujumga uchraydi va qochishga urinadi, ammo harakatlari besamar ketadi. Bir paytda u telefonni olib, 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ladi, biroq yordam kutishning ma’nosi yo‘q. E’tiborli tomoni shundaki, telefon sahnasi birinchi urinishdayoq suratga olinmagan, va ma’lum bo‘lishicha, Berrimor haqiqiy qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan ekan. Telefonni o‘chirishi kerak bo‘lgan rekvizitor buni unutgan, Dryu esa kadr ta’sirchanligini oshirish uchun haqiqatan ham o‘sha uch raqamni terish kerak deb o‘ylagan. Natijada simning narigi tomonidagi navbatchi qandaydir qizning qo‘ng‘iroq qilib, go‘shakka nimadir deb baqirganini va keyin uzilib qolganini eshitgan. Bu holat bir necha marta takrorlangan. Faqat politsiyaning o‘zi qayta qo‘ng‘iroq qilib, tushuntirish talab qilganidan keyingina rekvizitor xato qilganini tushunib yetgan.

    8 avgust, 20:35   Izoh (0)   575
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.