Sentyabr oyida Turkiyaning markaziy hukumat byudjeti xarajatlarning oshishi va korporativ soliq tushumlarining kamayishi natijasida kamomadga uchradi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Turkiya G‘aznachilik va Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat sentabrda oylik 78,6 milliard lira (4,2 milliard dollar) moliyaviy taqchillikka duch keldi.
Bu joriy yildagi eng katta kamomad. Avgust oyida soliq tushumlarining ortishi tufayli byudjet 3,6 milliard lira profitsit bilan chiqqan edi.
Bundan tashqari sentabr oyida davlat daromadlari 206,9 milliard lira bo‘lib, o‘tgan oyga nisbatan kamaygan, lekin o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga o‘sgan.
Davlat soliq daromadlari 173,4 mlrd lirani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 81,4 foizga oshgan.
Turkiyaning yanvar—sentabr oylaridagi budjet kamomadi 45,5 milliard liraga yetdi. Mamlakatda tarixdagi eng yirik inflyatsiya qayd etilmoqda.
Avvalroq sanksiyalar fonida Turkiyaning Rossiyaga eksporti yangi rekord darajaga ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)