Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi jarlikka tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
16-oktabr kuni soat 21:09 da “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 223 kilometrida Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan, Isuzu yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishi orqali pastki jarlikka tushib ketgan.
Voqea joyiga FVVning “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, jarlikka tushgan yuk mashinasini maxsus texnikalar yordamida chiqarib olgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan Isuzu haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Angren markaziy shifoxonasiga yuborilgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)