Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshidagi manzil koloniyadan mahkum qochib ketgani haqida xabarlar taraldi. IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, 4-mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasida Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) bo‘yicha jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum P.Z. 15-oktabr kuni soat 18:00 larda koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.
Qidiruv jarayonida mahkum P.Z. ruxsatsiz chiqib ketganligi va 20:35 da manzil muassasa hududidan tashqarida ekanligi aniqlanib, muassaga olib kelingan.
Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan mahkum P.Z. ning ushbu tartibbuzarligiga huquqiy baho berilib, jazo muddatining qolgan qismini o‘tash uchun yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)