17-oktabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18—19-oktabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.
Qayd etilishicha, havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.
17—19-oktabrda havo harorati kechalari 3-8 darajagacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 darajagacha, kunduz kunlari 15-20 darajagacha asta-sekin pasayadi.
Shu kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanida) bo‘ladi.
17—18-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Izoh (0)