Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,83 so‘mga ko‘tarilib, 11 143,28 so‘mni tashkil qildi. Yevro 37,14 so‘mga oshib, 10 868,04 so‘m bo‘ldi. Rubl 4,20 so‘mga yuqorilab, 180,82 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket besh kun ko‘tarilib, 11 131,45 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham yana oshgandi.
Izoh (0)