Namanganda maktab o‘quvchisini mashina urib, uchirib yuborgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat IIB YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 27-sentabr kuni, soat 11:50 larda “Nurobod” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuz bergan. Namangan shahar yo‘nalishiga harakatlanib ketayotgan Epica haydovchisi harakat xavfsizligini ta‘minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2013-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida bola tan-jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir: Toshkent viloyatida yo‘ldan o‘tayotgan o‘quvchini Damas urib ketdi
Izoh (0)