2022-yilning sentabr oyida gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxlari avgust oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,4 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu tovarlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 26,3 foizga oshgani kuzatilgan.
Shuningdek, 2022-yilning sentabr oyida maktab daftari narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 5,8 foizga oshgan.
A4 formatdagi qog‘oz narxlari esa bir oyda o‘rtacha 2 foizga arzonlashgan.
Izoh (0)