Moskvada safarbarlik tadbirlari yakunlandi, deya ma’lum qildi shahar meri Sergey Sobyanin. Uning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik punktlari 17-oktabr kuni soat 14:00 da (Toshkent vaqti bilan 16:00) yopiladi.
“Safarbarlik jarayonida yashash joyi va korxonalarga yuborilgan chaqiruv qog‘ozlari o‘z kuchini yo‘qotadi”, — dedi Moskva meri.
Sobyaninning aytishicha, safarbarlikning barcha vazifalari “to‘liq bajarilgan”.
So‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari Moskvadagi metro bekatlari yaqinida ko‘plab reydlar o‘tkazilgani, yotoqxonalar va mehmonxonalarda ham politsiya reydlari o‘tkazilib, harbiy yoshdagi erkaklarga majburan chaqiruv qog‘ozlari berilgani haqida yozdi. Moskva harbiy komissariati buni rasman rad etdi.
14-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin safarbarlik tadbirlari ikki hafta ichida yakunlanishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)