Nigeriyada keng ko‘lamli suv toshqinlari oqibatida 600 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.
Nigeriyaning gumanitar ishlar, tabiiy ofatlarni boshqarish va ijtimoiy rivojlanish vaziri Sadiya Umar Farukning aytishicha, o‘tgan hafta mamlakatda sodir bo‘lgan yirik suv toshqinlaridan birida taxminan 603 kishi halok bo‘lgan.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 82 mingga yaqin uy va 110 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan va vayron bo‘lgan.
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy halokatli suv toshqinidan jabr ko‘rgan jamoalar uchun mamlakatning strategik zaxirasidan 12 ming tonna oziq-ovqat yetkazib berishni buyurdi.
Buxoriyning qo‘shimcha qilishicha, suv toshqinlari Nigeriyaning 36 shtatidan 33 tasiga ta’sir qilgan, qutqaruv va tabiiy ofatlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha federal idoralardan o‘z harakatlarini kuchaytirish so‘ralgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nigeriyada iqlim o‘zgarishining oqibatlari og‘ir ekani, mamlakatga tez-tez va kuchli suv toshqinlari xavf solayotgani haqida aytgan edi.
Izoh (0)