Belgorod viloyatidagi poligonda ommaviy otishma sodir etgan kishilarning shaxsi aniqlandi, deb xabar bermoqda Baza Telegram-kanali. Ular Tojikistonning ikki fuqarosi — 23 yoshli Rahmonov Mehrob va 24 yoshli Esxon Aminzod bo‘lgan. Baza Exson Aminzodning suratini e’lon qildi.
Ular ko‘ngillilar sifatida safarbar qilinib, 11-oktabr kuni mashg‘ulot maydoniga kelgan edi, deyiladi xabarda. 4 kundan so‘ng, 15-oktabr kuni ertalab ular mashg‘ulotlarning boshqa ishtirokchilariga qarata avtomatdan o‘q uzgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, poligonda yuz bergan otishma oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi yaralangan. Hujum qilganlar ham o‘ldirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi va Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov poligondagi otishmani terakt deb atadi. Vazirlik otishmani “MDH davlatlaridan biri”ning ikki fuqarosi sodir etgani haqida ma’lum qilgandi.
Izoh (0)