2022-yilning yanvar—iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,2 million tonna tirik vaznda go‘sht yetishtirilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 6 oyda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda yetishtirilgan go‘sht hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 foizga oshgan.
Hududlar kesimida tirik vaznda yetishtirilgan go‘sht hajmi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston – 41,4 ming tonna;
- Andijon viloyati – 78,7 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 128 ming tonna;
- Jizzax viloyati – 89,7 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 142,6 ming tonna;
- Navoiy viloyati – 78,4 ming tonna;
- Namangan viloyati – 73 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 142 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 89,6 ming tonna;
- Sirdaryo viloyati – 33,9 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 149,4 ming tonna;
- Farg‘ona viloyati – 85,8 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 89,1 ming tonna.
Izoh (0)