Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 16–22-oktabr kunlari xalqaro “Atlas bayrami” V an’anaviy to‘qimachilik festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Ushbu festival Turizm va madaniy meros vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, respublika “Hunarmand” uyushmasi va boshqa tashkilotlar tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Festivalda 20 ta davlatdan 62 nafar mutaxassis ishtirok etishi kutilmoqda.
Jarayon davomida an’anaviy to‘qimachilik va liboslar dizayni bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari, xalq sayli, askiya va katta ashula ijrochiligi, kurash musobaqasi, dorbozlik, qo‘g‘irchoqbozlik va an’anaviy hunarmandchilik buyumlari namoyishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)