Farg‘ona viloyatida sifati kafolatlanmagan tibbiyot vositalarini noqonuniy olib kirilishining oldi olindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “YAMA” tezkor tadbiri davomida fuqaro A.S.ga tegishli bo‘lgan, Farg‘ona shahrida joylashgan noturar joy belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 113 million so‘mlik 6 turdagi jami 33 ming donadan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)