“Real” Ispaniya chempionatining 8-turida “Xetafe” ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bu madridliklar ustozi Karlo Anchelotti uchun La Ligada “Real” boshqaruvidagi 90-g‘alaba bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis bu borada Leo Benxakkerni (89) ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Faqat Migel Munyos (257 g‘alaba) va Zinedin Zidan (124) “Real” boshqaruvida undan ko‘proq g‘alaba qayd etgan.
Shu bilan birga Anchelotti g‘alabalarning foiz ko‘rsatkichi borasida barcha murabbiylardan yaxshiroq natija qayd etmoqda — 90% (122 o‘yinda 90 g‘alaba).
Mavzuga doir:
Izoh (0)