Toshkent shahridagi Beruniy shoh ko‘chasining Samarqand darvoza va Navoiy shoh ko‘chalari bilan kesishmasidan Laylito‘g‘on hamda Siqichmon ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘idagi qismi — ikki tomonlama yo‘l qisman yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘zgarish 8-oktabr soat 9:00 dan 12-oktabr soat 00:00 gacha amal qiladi. Boisi, mana shu vaqtlarda hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)