Argentinalik mutaxassis Xorxe Sampaoli “Sevilya” bosh murabbiyiga aylandi.
Murabbiy ispan klubi bilan 2024-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Sampaoli ikkinchi bor “Sevilya”ga murabbiy etib tayinlandi. Bundan avval 2016/17-yilgi mavsumda ham jamoani boshqargan.
Argentinalik murabbiy Xulen Lapotegining o‘rnini egalladi. Lapotegi “Borussiya D”ga qarshi YCHL guruh bosqichi o‘yinidan so‘ng (1:4) iste’foga chiqarildi.
Sampaolining so‘nggi klubi “Marsel” jamoasi edi. Xorxe 2021-yil fevraldan 2022-yil iyul oyiga qadar fransuz klubi bosh murabbiyi sifatida ishladi.
“Sevilya” La Liganing ortda qolgan 7 turidan so‘ng 5 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)