Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Sevilya” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o‘z lavozimidan ozod etildi.

Foto: Twitter / “Sevilya”

Foto: Twitter / “Sevilya”

56 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqarish qarori Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Borussiya D”ga qarshi kechgan o‘yindan (1:4) so‘ng chiqarildi.

Andalusiyaliklar klubi La Liga 7-turidan keyin 17-o‘rinda bormoqda va bu o‘yinlarda faqat bitta g‘alabaga erishdi. Chempionlar Ligasida esa “Borussiya”dan tashqari “Manchester Siti”ga ham yirik hisobda (0:4) yutqazgandi.

Lopetegi “Sevilya”ni 2019-yilning yozidan beri boshqarib kelayotgandi.

O‘tgan mavsum uning qo‘l ostidagi jamoa La Ligada 4-o‘rinni egallagandi. “Sevilya” uchinchi o‘rindagi “Atletiko”dan bir ochko, ikkinchi o‘rindagi “Barselona”dan esa bir ochko kam to‘plagan.

Xabarlarga ko‘ra, “Sevilya” Lopetegi o‘rniga Xorxe Sampaolini olib kelmoqchi. Argentinalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi “Marsel” bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi