Sobiq futbolchi Xabi Alonso “Bayer” bosh murabbiyiga aylandi.
Leverkuzen klubi Jerardo Seoaneni iste’foga chiqardi. Murabbiy 2021-yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi.
Alonso nemis klubi bilan 2024-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Tanishtiruv marosimi 6-oktabr sanasida bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi 2019-yildan 2022-yilga qadar “Real Sosyedad B” jamoasini boshqargan. Undan oldin esa “Real” yoshlar jamoasida ham bir muddat ishlagan.
“Bayer” Bundesliganing ortda qolgan 8 turidan so‘ng 5 ochko bilan 17-o‘rinni band etib turibdi.
Izoh (0)