Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hujumchi Luis Suares Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatidan so‘ng faoliyatini “Los-Anjeles Gelaksi”da davom ettirishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Nasional” jamoasi prezidenti Xose Fuentes 35 yoshli futbolchining shartnomasi 2022-yil oxirida yakuniga yetishi ma’lum qildi. Suares erkin agent sifatida AQSH klubi safiga qo‘shiladi.

Avvalroq hujumchiga Yevropaning bir nechta klubidan taklif borligi xabar qilingandi.

Urugvaylik hujumchi 2022-yil iyul oyida “Nasional” bilan shartnoma imzolagan va klub safida 11 o‘yinda 4 ta gol, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Luis Suares faoliyati davomida “Groningen”, “Ayaks”, “Liverpul”, “Barselona” va “Atletiko”da to‘p surgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi