PFL Superliganing sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini ma’lum qildi.
“Paxtakor” futbolchisi Hojiakbar Alijonov sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Alijonov sentabr oyida 2 o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ushbu sovrin uchun, shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi: Dilshod Saitov (“Nasaf”), Yovan Jokich (“Navbahor”) va Marko Stanoyevich (“Nasaf”).
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)