“Nasaf” klubi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Berdiyev qo‘l ostidagi qarshiliklar o‘tgan oydagi 2 o‘yinda 2 g‘alaba qayd etdi. To‘plar nisbati esa 4:1 tashkil qildi.
Eng yaxshi murabbiy nomi uchun Ro‘ziqul Berdiyevga Maksim Shatskix (“Paxtakor”), Samvel Babayan (“Navbahor”) va Vladimir Yejurov (“Neftchi”) raqobatchi bo‘lgandi.
“Nasaf” bosh murabbiyi may oyida ham eng yaxshi murabbiy sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Aprelda Mirjalol Qosimov (“OKMK”), avgust oyida esa Timur Kapadze (“Olimpik”) eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.
Izoh (0)