• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida 1-oktabr

    1-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi”, AQSH tarixidagi eng qonli jinoyatlardan biri — Las-Vegasda ommaviy qotillik hamda ko‘pxotinlikda ayblanib, hibsga olingan mormonlar yetakchisiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Tunuka Lizzi”: sanoatni o‘zgartirib yuborgan avtomobil

    Ford Motor Company tomonidan 1908-yildan 1927-yilga qadar ishlab chiqarilgan Model T shaxsiy avtomobilni umumiy foydalanishdagi transport vositasiga aylantirish borasidagi birinchi urinish hisoblanadi. Zamonaviy tushunchadagi mashinalarni birinchi marotaba 1885-yili Germaniyada Karl Bens ixtiro qilgan, Amerikadagi ilk avtomobil esa 1893-yili Massachusets shtatining Springfil shahrida paydo bo‘lgan — ularni Charlz va Frenk Dyuriyelar yasagan. Ammo ularning konveyerdan chiqishi oddiy amerikaliklar xarid qilisha olishini anglatmagan.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    Model T haqiqatda narx borasida arzon bo‘lgan, qaysidir davrida u shu qadar mashhurlikka erishganki, amerikaliklarning aksariyati uni xarid qila boshlagan.

    Motel T’ning “tug‘ilishi”

    Genri Ford kunduz kunlari Detroytdagi “Edison Illyumineyting kompani”da bosh muhandis bo‘lib ishlagan, kechasi esa benzin dvigatel ustida bosh qotirgan. U o‘z dvigatellaridan birini 1893-yili Rojdestvo arafasida sinovdan rafiqasi Klara ko‘magida sinovdan o‘tkazgan. Dvigatel 30 soniya ishlagan xolos va bu Ford to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini tushunishi uchun yetarli bo‘lgan.

    Oradan uch yil o‘tgach, u o‘ziyurar transport vositasini ixtiro qilgan va ikkita omadsiz urinishdan keyin 1903-yilning yozida Ford Motor Company kompaniyasi paydo bo‘lgan.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    “Tunuka Lizzi” tezda dunyoga kelmagan: u yaratilgunga qadar Ford sakkizta boshqa modelni sinovdan o‘tkazib, ularga o‘z yangiliklarni qo‘shib borgan va oxir-oqibat barchasi Model T’da jamlangan. Model T rasman 1907-yilning yanvarida yig‘ilgan. O‘shanda Ford muhandis Chayld Garold Uills, mashinist K.J.Smit va chizmachi Jozef Galambadan iborat jamoani Detroytdagi kichik fabrikasida to‘plagan.

    Model T savdosi

    1908-yilning 1-oktabridan boshlab chiqarilgan Ford Model T rul chambaragi chap tarafda joylashgan, yopiq to‘rt silindrli dvigatel va butun silindr blokidan iborat o‘ziyurar avtomobil ko‘rinishida bo‘lgan. Vanadiyli po‘lat material bilan qoplangani bois u yengil bo‘lsa-da, juda mustahkam bo‘lgan. Shuningdek, avtomobil ost qismining yo‘l yuzi bilan orasidagi masofasini bilan ham ajralib turgan, bu unga notekis yo‘llarda bemalol harakatlanish imkonini bergan.

    Avvalida Ford Model T narxi 850 dollarni tashkil etgan, bu u qadar qimmat emas, ammo amerikaliklarning o‘rtacha daromadidan oshib ketardi. Fordning maqsadi mashinani maksimal darajada arzonlashtirish bo‘lgan.

    Britaniya bozoriga chiqish

    Ford o‘z avtomobillari Britaniya gazetalarida tilga olinishi uchun ba’zida balandparvoz marketing kompaniyalaridan ham foydalangan. 1911-yilda shotlandiyalik diler o‘g‘li Genri Aleksandrga Model T’da Britaniya orollaridagi eng baland Ben-Nevis tepaligiga sayr qilib kelishni taklif etadi.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    Ford-Ulyamdan start olgan Model T besh kun davomida qoyalar, botqoqliklar va qorlardan yurib, oxir-oqibat qoyaga chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Undan qaytib tushgan Aleksandrni omma quvonch bilan kutib oladi, tormozini sozlab olgan yigit Edinburgdagi otasining dilerlik markaziga qaytib boradi. Reklama kampaniyasidan keyin Buyuk Britaniyada Model T’dan 14 mingdan ortiq nusxa sotilgan.

    Mashina yig‘ishni tezlashtirish

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    1913-yilda Xaylend-Parkda Model T’ni ishlab chiqarish uchun 60 akr maydonda yangi fabrika bunyod etiladi. O‘sha vaqtda u dunyodagi eng yirik zavod bo‘lgan, Ford xodimlari soni esa ikki barobarga ortgan. Zavod qurilgunga qadar Ford ishlab chiqarish jarayonidagi yig‘ish liniyasini takomillashtirish ustida ishlagan. Avvalida konveyer lentalaridan foydalanilgan holda harakatlanuvchi yig‘ish liniyalari ishlatilgan. Olti oy ichida Model T’ni yig‘ish to‘qqiz soatdan 54 daqiqagacha qisqargan, bitta dvigatel uchun besh soat o‘rniga 56 daqiqa sarflangan. Zavod seksiyalarga ajratilgan bo‘lib, u yerda avtomobillarning ma’lum qismlari yig‘ilgan. Xaylend-Parkdagi zavod o‘zi ichiga 500 ta shu kabi yig‘ish liniyalarini birlashtirgan.

    “Tunuka Lizzi” nomi qayerdan paydo bo‘lgan?

    XX asr boshlarida otlarga “Lizzi” laqabini qo‘yish urfda bo‘lgan, Ford esa barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan “temir ot”ni yaratgan. Ammo “tunuka” sifati qayerdan kelib chiqqan? San-Antoniodagi dilerlardan biri mashinalarni tashishda muammolar borligidan shikoyat qilib, ularni eshiksiz yetkazib berish taklifini bildirgan — xaridorlar uni keyin mustaqil o‘rnatib olishi kerak edi. Bunga qadar u maxsus asbob-uskunalar jamlanmasini ham taklif etgan bo‘lib, u konserva pichoqlarini yodga solgan, konserva bankalarining asosiy materiali esa tunuka bo‘lgan. Shu sababli mashina xuddi tunukadan ishlangandek tasavvur hosil qilgan.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    Ushbu nomning paydo bo‘lishi haqida boshqa versiya ham bor. 1922-yili Payks-Pikdagi poygada ishtirokchi Noel Bullok o‘zining Model T mashinasini “Keksa Liz” deb atagan, ammo uning tashqi ko‘rinishi shu qadar achinarli bo‘lganidan tomoshabinlar uni konserva bankasida o‘xshatib, “Tunuka Liz” nomini bergan.

    Butun avtomobil sanoatiga ta’siri

    Genri Fordning Model T avtomobillari Amerikaning o‘rta sinf qatlami uchun yangilik bo‘lgan. mashina narxi Ford’ning yig‘ish liniyalari takomillashgani bois 1908-yilgi 850 dollardan 1925-yilga kelib 300 dollarga qadar arzonlashgan.

    Model T o‘tgan asrning eng mashhur avtomobillaridan biri deya e’tirof etilgan va u Amerika modernizatsiyasining ramzi hisoblanadi. Ford 1918-yildan 1927-yilga qadar shu turdagi avtomobillardan 15 million nusxa ishlab chiqargan bo‘lib, ularning 40 foizga yaqini Qo‘shma Shtatlarda sotilgan.

    Las-Vegasdagi ommaviy qotillik

    2017-yilning 1-oktabr kuni Las-Vegasdagi musiqa konsertida 59 kishi o‘ldirilgan va otishma oqibatida 527 kishi yaralangan edi. Bu AQSH tarixidagi eng qonli jinoyatlardan biri hisoblanadi.

    Nima bo‘lgan edi?

    Yakshanba kuni kechasi Las-Vegas yaqinida yashovchi 64 yoshli Stiven Paddok Mandalay-Bey mehmonxonasining 32-qavatidan avtomatik vintovkadan musiqiy festival ishtirokchilarini o‘qqa tutgan. Mehmonxona yaqinida tashkil etilgan o‘sha kungi konsertda 20 mingdan ortiq tomoshabin to‘plangandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ayrim guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, otishma tinimsiz amalga oshirilgan. “Hamma joydan o‘qlar uchib o‘tardi”, — deydi u. Ba’zi guvohlarning ta’kidlashicha, Paddok 30 yoki 40 magazinni bo‘shatgan, bu taxminan 1000 ta patron degani.

    “Tushlik qilib, mehmonxonaga qaytayotganimizda odamlar vahimada yugurayotganiga duch keldi. Ulardan biri qonga botgan edi va nimadir sodir bo‘layotganini tushundik. Avtomat ovozini eshitgach, sherigimning qo‘lidan tutib ko‘chalar bo‘ylab yugurdik”,— deydi voqea guvoh bo‘lgan ayol.

    Politsiya kazino oldida tezkor shtab tashkil etib, maxsus operatsiyani boshlagan. Huquq-tartibot xodimlari maxsus kuchlarning pozitsiyasini merganga fosh etib qo‘ymaslik uchun ularning harakatini translyatsiya qilmaslikni so‘ragan.

    Operatsiya vaqtida otishma sodir bo‘lgan hudud yaqinidagi aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Politsiyachilar yetib kelishi bilan Paddok ularni o‘qqa tuta boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u politsiyachilar mehmonxona nomeriga kirgunga qadar o‘z joniga qasd qilib bo‘lgan. Otishma oqibatida ikki nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Nevada shtatining Klark okrugi rasmiylari favqulodda holat e’lon qilgan.

    Mergan nima bilan qurollangan edi?

    Politsiya Paddokning mehmonxonadagi nomeridan 23 ta o‘qotar qurol topgan. U qanday qilib mehmonxonaga shuncha qurolni olib kirishga muvaffaq bo‘lgani noma’lum. Paddokning uyini tintuv qilish davomida politsiya 20 ga yaqin o‘qotar qurol, bir necha ming patron va portlovchi qurilmalarni topgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “U hech qachon qurol-yarog‘ga qiziqmasdi. Buncha qurolni yig‘ishning o‘zi bo‘lmaydi… Jin ursin, avtomatik vintovkalarni qayerdan oldi?”, — deydi uning ukasi Erik Paddok.

    Las-Vegas shahri joylashgan Nevada shtatida qurollardan foydalanish qonunlari ancha “yumshoq”. O‘qotar qurol xarid qilish uchun maxsus litsenziya talab etilmagan. Bundan tashqari, qonun avtomatik qurollarni sotishga ham ruxsat bergan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Stiven Paddok nima sababdan otishma uyushtirgan?

    Tergov davomida Paddok nima sababdan bunday dahshatli jinoyatga qo‘l urgani aniqlanmagan. Hujum uchun mas’uliyatni ISHID o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa-da, tergovchilar uning terrorchilarga hech qanday aloqasini topa olmagan. FQB ISHID bayonotiga shubha bilan qaragan: “Uning xalqaro terrorchilik tashkilotiga biror-bir aloqasi aniqlanmadi”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ayrim politsiya xodimlari o‘t ochgan erkak ruhan nosog‘lom bo‘lgan degan versiyani ilgari surgan, ammo bu ham isbotlanmagan. Las-Vegas politsiyasi sherifi Jozef Lombardo Paddokni “imkon boricha ko‘proq odam o‘ldirishga uringan badjahl inson”, deya ta’riflagan.

    Mergan kim edi?

    64 yoshli Stiven Paddok nafaqaxo‘r bo‘lgan. Pensiyaga chiqquniga qadar buxgalter bo‘lib ishlagan. Ikki marta oilasidan ajrashgan Paddokning moliyaviy qiyinchiligi bo‘lmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u onasi bilan egalik qiladigan uylarni ijaraga berishdan tushadigan pullar hisobiga kun kechirgan.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Uning yengil motorli samolyotni boshqarishga litsenziyasi bo‘lgan, Paddok ikkita uchish apparatiga ham egalik qilgan. Qo‘shnilaridan birining aytishicha, erkak g‘alati inson bo‘lgan, poker o‘ynagan va tez-tez Las-Vegas kazinolariga tashrif buyurib turgan.

    NBS telekanali ma’lumotlarida aytilishicha, Paddok mudhish jinoyatidan oldin o‘yin biznesiga bo‘liq bir necha o‘n minglik tranzaksiyalarni amalga oshirgan. U armiyada ham xizmat qilmagan, jangovar harakatlarda qatnashmagan.

    Merganning ukasi Erik Paddokning ta’kidlashicha, ularning otasi bir muddat qidiruvdagi eng xavfli jinoyatchilar ro‘yxatida bo‘lgan. 1969-yilgi hujjatda keltirilishicha, FQB Paddokning otasini bank o‘marish va o‘z joniga qasd qilishga moyil deb hisoblagan.

    Ko‘pxotinlikda ayblanib, qo‘lga olingan mormonlar yetakchisi

    1871-yilning 1-oktabrida mormonlarning amerikalik yetakchisi Brigam Yang 16 nafar xotini bilan yashaganlikda ayblanib, hibsga olingan. Brigam Yang Jon va Ebigeyl Xau Yanglarning 11 nafar farzandini to‘qqizinchisi bo‘lgan. Brigamning bolaligi Nyu-York shtatining markaziy qismida, qalin o‘rmonzor orasida o‘tgan. Uning ota-onasi qashshoqlikda hayot kechirgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    “Yoshligimizda ta’lim olish uchun hech qachon imkoniyatimiz bo‘lmagan, ammo boshqa tomondan, daraxtlarni kesish, ignabargli daraxtlarni o‘rash va ildizlar orasida yurish, oyoqlar va barmoqlarini ko‘karishlar bilan bezash uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud edi”, — deya eslaydi u.

    1815-yilda Brigam Yang 14 yoshga to‘lganida onasidan ajralgan, 16 yoshida esa duradgor, bo‘yoqchi va oyna soluvchi bo‘lib yetishdi.

    Mormonlar cherkovidagi hayot

    Yang Mormon kitobini o‘qib, mormonlarning g‘oyasiga qiziqib qolgan va 1832-yilda ularga qo‘shilib, missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga kirishga. 1833-yilda rafiqasining o‘limidan keyin Ogayo shtatidagi hamfikrlariga qo‘shilgan.

    Yang o‘z e’tiqodiga juda sodir bo‘lgan. 1835-yilning fevralida u 12 havoriy kvorumining (kvorum — majlis, to‘planish) ilk a’zolaridan biriga aylangan. 1830-yillarda mormonlar va Missuri shtati aholisi o‘rtasida yuz bergan mojarolarda u bor mol-mulkidan ayrilgan. 1840-yilda Angliyada missionerlik safariga otlangan. Uning ortidan ergashganlar AQSHga ko‘chib o‘tgan va mavjud mormonlar jamiyatiga kelib qo‘shilgan.

    1844-yilda Jozef Smit o‘ldirilgach, boshqa ko‘zga ko‘ringan mormonlarning cherkovga rahbarlik qilish borasidagi urinishlariga qaramay, Yang tarafdorlarini hokimiyat havoriylar qo‘liga o‘tishi kerakligiga ko‘ndirgan.

    1846-1847-yillarda Yang cherkovning yangi prezidentiga aylangan va o‘z tarafdorlarini Yuta shtatiga ko‘chirib, u yerda Solt-Leyk-Siti shahriga asos solgan. Ko‘chmanchilarning bir qismi Aydaxo, Nevada, Kaliforniya va Arizona shtatlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, u yerda mormonlarning 350 ga yaqin qishlog‘i qurilgan. Yang umrining oxiriga qadar Iso Masih cherkovini boshqarib kelgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Brigam Yang 55 nafar ayolga uylangan va ulardan 57 farzand ko‘rgan. Bu qadar katta oilani bir joyga sig‘dirish uchun Layon-Xaus qo‘rg‘onini qurib, har bir ayoliga alohida xona bergan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr

    01.10.2022, 09:30   Izoh (0)   40535
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nega hijob masalasi Eron jamiyatida o‘lim bilan jazolash darajasida o‘ta muhim?

    01.10.2022, 08:07

    “Hozir Ukrainani NATOga qabul qilishning vaqti emas” — Oq uy jarayonni boshqa vaqtga qoldirish kerakligini ta’kidladi

    01.10.2022, 00:54

    “Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev

    01.10.2022, 00:30

    Krasnodarlik reper safarbarlik tufayli o‘z joniga qasd qildi

    30.09.2022, 23:50

    “NATOga a’zolik to‘g‘risidagi qaror 30 davlat kelishuvi asosida qabul qilinadi” — NATO bosh kotibi Ukrainaning alyansga qo‘shilish borasidagi arizasiga izoh berdi

    30.09.2022, 23:24

    “Biz Ukrainani o‘z hududlarini qaytib olishi uchun qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz” — Bayden hamjamiyatni Rossiyaga qarshi keskin choralar ko‘rishga undadi

    30.09.2022, 22:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.