29-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan uzoq yillar sir saqlangan “Qishtim fojiasi”, tano raqsining paydo bo‘lishi hamda “NKVD” tomonidan nemis josusiga chiqarilgan bandurachiga oid faktlar o‘rin olgan.
Qishtim fojiasi: Shimol yog‘dusi ko‘rinishi ostidagi halokat
1957-yilning 29-sentabr sanasida soat 16:00 da Chelyabinsk-40 yopiq shaharchasida joylashgan “Mayak” kimyo kombinati hududida SSSR tarixidagi birinchi radiatsion avariya sodir bo‘lgan — radioaktiv chiqindilarni saqlashga mo‘ljallangan sig‘im portlab ketgan. Falokat Chelyabinsk-40 yaqinida joylashgan Qishtim shahri nomiga “Qishtim avariyasi” deb atalgan.Portlash sovitish tizimining ishdan chiqishi oqibatida 300 metr kubli hajmga ega sig‘imda sodir bo‘lgan. Uning ichida 80 metr kubga yaqin yuqori radioaktiv yadroviy chiqindilar bo‘lgan. 1950-yillarda qurilish vaqtida konstruksiyaning mustahkamligi hech qanday shubha uyg‘otmagan edi. U qalinligi bir metrli beton ichidagi kotlovanga joylashtirilgan.
Sig‘imning qopqog‘i 560 tonnani tashkil etgan bo‘lib, uning ustiga ikki metrli tuproq to‘shalgan edi. Biroq hatto bu ham portlashni to‘xtatib qola olmagan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halokat kombinat xodimining xatoligi sabab yuzaga kelgan. Qaynoq nitrat plutoniy eritmasi bor bug‘lantiruvchi bakka oksalat plutoniy eritmasi qo‘shib yuborilgan. Oksalatning nitrat bilan kislotalanishi natijasida katta miqdorda energiya ajralib chiqib, sig‘imning portlashini yuzaga keltirgan.
Portlash oqibatida atmosfera 20 million Ki radioaktiv muddalar atmosferaga chiqib, ularning bir qismi ikki kilometr balandlikka qadar ko‘tarilgan va aerozol butuni hosil qilgan. Keyingi 11-12 soat ichida radioaktiv chiqindilar portlash joyidan 300-250 kilometr shimoli-sharqqa tarqab ulgurgan.
Radiatsion ifloslanish Chelyabinsk, Sverldov va Tyumen viloyatlarining 270 ming aholisi istiqomat qiladigan 23 ming kvadrat kilometr hududni egallagan. Avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun 10-12 ming aholiga ega 23 ta qishloqni ko‘chirilgan, barcha binolar, mulklar va qoramollar yo‘q qilingan. Bu ish bilan yuz minglab harbiy xizmatchilar va fuqarolar shug‘ullangan.
Dastlabki 10 kundayoq radiatsiya qurbonlari soni 100 kishidan oshgan, 250 ming fuqaroga zarar yetgan. Xalqaro yadroviy sinovlar shkalasi bo‘yicha avaraiya 6 ballga baholangan. Taqqoslash uchun yettinchi — maksimal daraja Chernobil va Fukusima-1 AESlarida qayd etilgan.
Portlash joyida tutunli ustun hosil bo‘lib, u to‘q sariq-qizil rangda bo‘lgan. 1957-yilning 6-oktabr kuni “Chelyabinsk ishchisi” gazetasida unga bag‘ishlangan qayd chop etilgan, biroq avariya haqida bir og‘iz ham gapirilmagan: “O‘tgan yakshanba kuni kechasi ko‘plab chelyabinskliklar yulduzli osmonda o‘ziga xos yog‘duni kuzatdi. Bizning kengliklarda juda kam uchraydigan bu porlashda Shimol yog‘dusining barcha belgilari mavjud…”.
Qishtim avariyasi uzoq vaqt davlat siri bo‘lib kelgan. U haqida ilk bor 1980—190-yillarda xorijda, rejissor va biolog Yelena Sakanyanning sovet biologi hamda genetigi Nikolay Timofeyev-Resovskiy taqdiriga bag‘ishlangan filmda aytilgan. Film Sakanyan to‘g‘ridan to‘g‘ri Boris Yelsinga murojaat qilganidan keyingina televideniyeda namoyish etilgan.
Xorij matbuotida avariya haqida 1958-yilning aprelida ma’lum bo‘lgan. U haqda birinchi bo‘lib Kopengagen gazetasi yozgan. Keyinroq AQSH Milliy laboratoriyasining hisobotida chop etilgan.
“Mayak”dagi portlash haqida uzoq vaqt jamoatchilikning xabari bo‘lmay kelgan. Keyinroq noma’lum sababga ko‘ra, u OAVda “Qishtim avariyasi” deb tilga olina boshlangan. Qishtimning mazkur holatga aloqasi bo‘lmasa-da, ushbu shaharga portlashga atab obelisk o‘rnatilgan.
“1957-yilda hosil bo‘lgan Sharqiy Ural radioaktiv izi ham Qishtim va uning aholisiga ta’sir ko‘rsatmagan”, — deydi 2009-yilda fojiada qutqaruvchi bo‘lib ishlaganlardan biri. “Mayak”da jami radioaktiv ajralish va inson qurbonlari bilan bog‘liq 30 dan ortiq holatlar qayd etilgan.
Birinchi bor ijro etilgan tango
1897-yilning 29-sentabr kuni birinchi bor tango raqsi ijro etilgan edi. Bu Buenos-Ayresdagi “Olimpo” teatrida — “Kreol sudi” spektaklining premyerasida bo‘lib o‘tgan.Tango — bu musiqaga mos ravishda juftlikning birgalikdagi erkin raqsi hisoblanadi. U 1880-yillarda Janubiy Amerika qit’asida Urugvay va Argentina chegarasi paydo bo‘lgan. Uning asos solinishiga Yevropa, Afrika va Janubiy Amerikaning qashshoq aholisi istiqomat qiladigan shaharlarning port tumanlaridagi muhit sabab bo‘lgan — u turfa madaniyatlar qorishmasidir.Milliy musiqalar — Afrikaning tangano ritmlari, Argentinaning milongasi, Gavayining xabanera kuyi, ispanlarning flamenkosi, hindularning diniy raqslari, polyaklarning mazurkasi va nemislarning valsi bir-biri bilan aralashib, tangoning yodda qoluvchi kompozitsiyasini hosil qilgan.
Dastavval tangoda faqat erkaklar raqsga tushgan, chunki XX asr boshlarida mehnat migratsiyasi sabab Argentinada ayollar yetishmagan. XX asr boshlarida raqs “kriolyo tangosi” deb atalgan va Yevropa hamda AQSHda keng tarqalib, mashhurlikka erishgan.
2009-yilda UNESCO’ning hukumatlararo qo‘mitasini IV sessiyasida Argentina va Urugvayning qo‘shma arizasini qanoatlantirib, tangoni Rio-de-la-Plata mintaqasining milliy musiqa va raqsi sifatida insoniyatning Nomoddiy madaniyat boyliklari ro‘yxatiga kiritgan.
XX asrning ilk yillarida Buenos-Ayres va Montevideodagi raqqoslar hamda orkestlar Yevropaga otlangan. Tangoning Yevropadagi ilk namoyishi Parijda, keyinchalik London, Berlin va boshqa poytaxt shaharlar bo‘lib o‘tgan. 1913-yil oxirlariga kelib raqs Nyu-York, AQSH va Rossiya imperiyasida ijro etilgan.
1930—1950-yillar Buyuk depressiya bo‘lishiga qaramay, tangoning “oltin asri”ga aylangan. Ko‘plab tashkil etilgan ansambllar tarkibidan tangoni ijro etuvchi kompozitor va raqqoslar o‘rin olgan vaular hozirgi klassik uslubga asos solgan: Annibal Troylo, Osvald Pulyeze, Astor Pyassiolla va hokazo.
Tangoning qayta uyg‘onishi 1983-yilda — Nyu-Yorkda Forever Tango shousining oshilishidan keyin ro‘y bergan va raqs yana mashhurlikka erishgan. 1977-yil 11-dekabrdan boshlab, “tango qiroli” Karlos Gardelya va kompozitor Xulio de Karoning tug‘ilgan kuni Argentinada “Tango milliy bayrami” sifatida nishonlanadi. 2003-yildan beri Buenos-Ayresda har yili Argentina tangosi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazib kelinadi.
Qo‘bizchini nemis josusiga aylantirgan “NKVD”
“Yaxshi chaladi, agar ko‘zi ko‘r bo‘lganida, oqil qo‘bizchi bo‘lgan bo‘lardi”, — ko‘r qo‘shiqchilar yosh Gnat Xotkevichning bandura (ko‘p torli ukrain xalq musiqiy asbobi) chalishini eshitib shunday derdi. Ukrainalik bandurachi 1938-yilning 29-sentabr kuni o‘limga hukm etilgan edi.Gnat Xarkovda, oshmas va xizmatkor oilasida dunyoga kelgan. Ota-onasi xizmat qilgan savdogar Mixaylovning oilasi har yozda Derkachi qishlog‘iga ta’tilga ketib, Gnatni ham olib ketishardi. U yerdagi derkachlik so‘qir “Pavel amaki” Gnatning bandura chalishdagi ilk ustozi hisoblanadi. Xotkevich Xakrov texnologiya institutiga o‘qishga kirgan. Diplom ishi o‘zi aytganidek, “yomon bo‘lmagan: o‘z tizmiga ega 4 silindrli paravoz — “uni relsga qo‘ysak yuradimi-yo‘qmi bilmayman, lekin qog‘ozda chiroyli ko‘rinardi”. 1899-yilda talabalar chiqishlaridagi ishtiroki uchun bir yilgan institutdan haydalgan.Shundan keyin u bandurasini qo‘lga olib Kiyevga — ukrainalik kompozitor Nikolay Lisenkoning oldiga yo‘l oladi. “Unga chalib berdim. Rosa yoqib tushdi. Oyiga 60 rubl maosh bilan bandurachi-solist lavozimini taklif qildi. Bunday katta pulni umrimda ko‘rgan emasman”, — deya eslaydi u keyinchalik.
“Bandurada mohirlikka erishgan ziyolilar orasida xalq repertuarlarni chaladigan va o‘zi ham musiqa yozadigan faqat Xotkevichni bilaman”, — tan olgan edi Nikolay Lisenko.
Bandura bilan butun Ukraina bo‘ylab ko‘p sonli tomoshalar amalga oshirilgan. 1902-yilda Gnat Xotkevich Xarkovdagi XII arxeologlar syezdida bandurachilar konsertini tashkillashtiradi. Shu yilning o‘zida havaskor ishchi teatrga asos soladi. “Nasrdagi nazm” nomli ilk kitobini chop ettiradi. 1905-yilgi ish tashlashlardagi ishtiroki uchun Xotkevich Avstriya-Vengriya imperiyasiga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi. Shu bilan u 1917-yildagi “Fevral inqilobi”dan keyin Xarkovga qaytadi.
“U odamlar bilan munosabatda yoqimli, do‘st edi, biroq uzoq davomli aloqalarni o‘rnata olmasdi. Ayollar uni yoqtirar, unga o‘z sir yoki tashvishingni bemalol aytsang bo‘lardi”, — deya eslaydi u bilan tanish bo‘lgan ayollardan biri.
Xotkevich birinchi marta aleksandrovkalik (hozirda — Zaporojye viloyati) savdogarning qizi bo‘lmish Yekaterina Rubanovich bilan oila quradi. Nikohdan oldin u nasroniylikni qabul qilgan. Ularni musiqa yaqinlashtirgan: u qadar chiroyli bo‘lmagan qiz jahon klassikasidan xabardor bo‘lgan, Gnatga esa aynan shu yetishmasdi. Ammo ularning turli milliy qarashlarga ega bo‘lib, deyarli qashshoqlikda kun kechirgan. Oxir-oqibat u Gnat va uning onasiga uch nafar bolani tashlab, 1910-yilda Moskvadagi qarindoshlarinikiga ketib qolgan.
Galnichda Xotkevich adabiyotga endi kirib kelayotgan Yekaterina Grinevich bilan tanishadi. Turmushga chiqqan, uch nafar bolaning onasi bo‘lgan ayolning oilali erkak bilan munosabatlari keksin qoralangan. U Xotkevichning ortidan Naddnepryanshinga boradi. Biroq Vladimir ismli o‘g‘ilni dunyoga keltirib, uni qaynonasiga topshiradi va butun umrga Lvovga qaytib ketadi.
1937-yilda 60 yoshli Gnat USSR Fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Bogomoletsga maktub yozadi. U o‘zining qilgan ishlari ro‘yxatini taqdim etib, Shevchenko haqida “badiiy asari”ni to‘rtta kitob, “Bandura”, “Musiqa asboblari tarixiy sharhi” darsligini chop etishda yordam so‘raydi. “Bu ishlarni yolg‘iz o‘zim qildim, shunga qaramay, qariganimda qashshoqlikda, haqiqiy ochlik va sovuqda kun kechirmoqdaman”, — deb yozadi u. Gnat o‘ziga pensiya tayinlashlarini so‘ragan.
Akademik Bogomoles xatga rezolyutsiyaga quyidagicha yozgan: “Qadrdonim Kuzoyatov! Sizga yozuvchi Gnat Xotkevichning maktubini yo‘llayapman. Ma’lumki, u eski ukrain yozuvchi-idealistlari guruhiga mansub bo‘lib, san’atda qadimiy an’analar tashuvchisi va davomchisidir (bandurachi!); u qarib qolgan; uni bir nechta katta non bo‘lagi qanoatlantirishi mumkin”. Gnat Xotkevich ushbu “yordam”dan foydalanishga ulgurmagan: 1923-yilning 23-fevralida u hibsga olingan. Uch oylik so‘roqlardan keyin u o‘zining nemis josusi ekanini “tan olgan”.1928-yilgi avtobiografiyasida Xotkevich quyidagicha yozgandi: “O‘zimni ikki og‘iz so‘z bilan shunday ta’riflashim mumkin: Xarkovda tug‘ildi, Xarkovda yashadi va aftidan Xarkov yoki uning yaqinida vafot etadi”. Uni 1938-yilning 8-oktabr kuni “NKVD” yerto‘lasida otib tashlashgan.
“Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.
Izoh (1)
Мақолада имло ва бошқа хатолар кўп. Шу масалага эътиборлироқ бўлсангиз мақсадга мувофиқ.