Londonning Xitrou aeroportida ikkita yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda The Guardian aeroport vakiliga tayanib.
Hodisa 28-sentabr kuni 20:00 atrofida (Toshkent vaqti bilan 24:00) yuz bergan, hech kimga zarar yetmagan, yo‘lovchilar va ekipaj evakuatsiya qilingan.
“Kichik to‘qnashuv” ishtirokchilaridan biri Korean Air kompaniyasiga, ikkinchisi esa Icelandair kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Yo‘lovchilardan biri nashrga ma’lum qilishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagida Korean Air samolyoti burilayotgan paytida qanoti bilan ikkinchi samolyotning dumiga tegib ketgan. Samolyotda sarosimaga yuzaga kelmadi, yo‘lovchialr deyarli hech narsani sezmadi, dedi voqea guvohi.
Izoh (0)