Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Abxaziyaga tashrifini qoralab, davlat chegarasi buzilganini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gruziya Tashqi ishlar vazirligi nuqtayi nazaridan, Lukashenkoning Abxaziyaga rasmiy tashrifi xalqaro huquqning fundamental tamoyillarini buzadi.
Vazirlik Belarus hukumatini Gruziyaning “xalqaro tan olingan” chegaralar doirasidagi hududiy yaxlitligini hurmat qilishga va xalqaro huquqqa zid bo‘lgan harakatlar qilmaslikka chaqirdi.
Mavzuga doir: Lukashenko Belarus hududi orqali Rossiya qo‘shinlariga orqadan zarba berilmasligini aytdi
Izoh (0)