Olti nafar rossiyalik diplomat Chernogoriyada persona non grata deb e'lon qildi, deya xabar berdi “Kommersant”.
Endilikda ular mamlakatni tark etishlari kerak. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa bu qadamni javobsiz qoldirmasligini bildirdi.
“Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Chernogoriya elchixonasining olti nafar diplomatini ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar va o‘zaro hurmat to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid xatti-harakatlari munosabati bilan persona non grata deb e’lon qildi”, — deyiladi Chernogoriya TIVning Twitter sahifasida.
“Rossiya bunga tegishli javob beradi”, — deydi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.
Chernogoriya allaqachon rossiyalik diplomatlarni persona non grata deb e’lon qilgan — xususan, bunday qarorlar 4-mart va 12-avgust kunlari e’lon qilingan.
20-aprel kuni Rossiyaning Chernogoriyadagi elchisi Vladislav Maslennikov ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni quyidagicha ta’riflagandi: “Aslida Rossiya bilan munosabatlar kelajakda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun qurbon qilinmoqda”.
Izoh (0)