Bu haqida Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy Rossiyaning yadro quroli borasidagi tahdidlariga o‘z fikrlarini bildirdi, deb yozadi “Insayder”.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi taktik yadro qurolidan foydalanish tahdidi “juda yuqori”.Mavzuga doir:Zarbalar ko‘p sonli xodimlar va texnika joylashtirilgan front chizig‘i bo‘ylab, shuningdek, muhim qo‘mondonlik markazlari va muhim infratuzilmani nishonga olishi mumkin. Ularni to‘xtatish uchun bizga nafaqat zenit, balki raketaga qarshi tizimlar ham kerak.
Biz Lugansk va Donetsk viloyatlarining vaqtinchalik bosib olingan hududlarida deyarli barcha erkaklar safarbar qilinganini ko‘ryapmiz. Baholashimizcha, Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson va Zaporojye viloyatlari hududlari anneksiya qilinganidan keyin u yerlarda ham safarbarliklar e’lon qilinadi,
Ukrainaning vazifasi Rossiyaga jang maydonida eng katta yo‘qotishlarni yetkazishdir, bu esa sanksiyalar va siyosiy izolyatsiya bilan birga Rossiya iqtisodiyoti va jamiyatiga ta’sir qiladi.
Vadim Skibitskiy, Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili
Izoh (0)