Hindiston Armanistonga 20 milliard rupiy (244,7 million dollar) qiymatidagi qurol va o‘q-dorilar partiyasini yetkazib beradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yetkazib berish ikki davlat o‘rtasida sentabr oyi boshida imzolangan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
2020-yilda ham Hindiston Armanistonga to‘rtta Svathi artilleriya razvedka moslamasini yetkazib bergan edi.
2014-yilda Narendra Modi hukumat tepasiga kelganidan beri Hindistondan qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmi yetti barobardan ko‘proqqa oshgan.
Mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mudofaa eksporti 2021-2022-moliya yilida (31-martda yakunlangan) 2014-2015-moliya yilidagi 19,4 milliard rupiydan (taxminan 255,6 million dollar) 116 milliard rupiyga (taxminan 1,528 milliard dollar) oshgan.
Hindiston hukumati 2025-yilgacha yillik qurol eksporti hajmini 365 milliard rupiyga (taxminan 5 milliard dollar) yetkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)