Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Yaponiyaning Vladivostokdagi bosh konsulligi xodimi Motoka Tatsunori hibsga olingani haqida ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

Foto: “Kokujapan.com”

Foto: “Kokujapan.com”

Xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, konsul “pul evaziga Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan biri bilan hamkorligining dolzarb jihatlari, G‘arb sanksiyalarining Primorsk o‘lkasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotni olayotganda hibsga olingan.

Tatsunori persona non grata deb e’lon qilindi. Yaponiya esa diplomatik kanallar orqali norozilik bildirdi, deydi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati.

Agentlik shuningdek, Tatsunori so‘roq qilingani aks etgan videoni ham e’lon qildi. U Rossiya qonunchiligini buzganini “tushunganini” aytib, maxfiy ma’lumotlarni pul evaziga qo‘l kiritishga harakat qilganini tan oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Sport
Boks yulduzi Saul Alvares Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi