Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

30-sentabr kuni Moskvada Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati ma’lum qildi.

Foto: Al Jazeera

Foto: Al Jazeera

Tadbirda Rossiya vakillaridan tashqari, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etadi. Yig‘ilish razvedka faoliyati masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlari razvedka xizmatlari rahbarlariga videoaloqa orqali murojaat qilishi kutilmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin MDH razvedka xizmatlari boshliqlari bilan 29-sentabr kuni muloqot qiladi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Putin Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)da kuzatuvchi maqomini taqdim etishni taklif qilgan edi. “Bizning Shanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bo‘yicha tabiiy sheriklarimiz bilan hamkorlikni kuchaytirishimiz kerak. Masalan, bizning fikrimizcha — buni hali muhokama qilish kerak bo‘ladi — MDH uchun KXSHT huzurida kuzatuvchi maqomini berish o‘rinli va to‘g‘ri bo‘lgan bo‘lardi”, — degan edi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi