Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umrzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.
O‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgani aytilayotgan yig‘ilishda Prezident tomonidan agrosanoat majmui bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar hal qilinmayotgani, mutasaddilarning bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirish, ijro intizomini so‘zsiz ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, yig‘ilishda hokimlar va boshqa rahbarlar klasterlar ishiga aralashmasligi, ma’muriy bosim o‘tkazmasligi haqida qat’iy ogohlantirilgan.
Birlamchi e’tiborni majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda turmush sharoitlarini va infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik, ayniqsa kichik va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashga, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishga qaratish shartligi ta’kidlangan.
Izoh (0)