“Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qarorga ko‘ra, 2022/2023-yillar kuz-qish davrida respublika bo‘yicha:
- 2,967 ta ko‘p kvartirali uylar;
- 299 ta gaz taqsimlash punktlari;
- 1 815,3 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari;
- 2 420 ta ijtimoiy soha obyektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat obyektlari, 11 ta sport obyektlari mukammal) ta’mirlanadi;
- 149 kilometr gaz quvurlarini tiklash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;
- 6,209 ta mahallaga 314 400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi;
- 1 680 000 tonna ko‘mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha obyektlariga 518,000 tonna ko‘mir yetkazib beriladi);
- 443 ta olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.
Izoh (0)