Toshkent shahri Yangihayot tumanida tadbirkorning 24 ming dollarini qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro Z.X. yakka tartibdagi tadbirkor J.ning ishonchiga kirib, unga granit toshlarini yetkazib berishni va’da qilib, evaziga uning 24 ming dollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)