Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, Qamchiq dovonida yo‘lga tushish xavfi bo‘lgan xarsangtoshlar sun’iy ravishda tushirildi.
Ishlar vazirlikning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Bundan kuz-qish mavsumi davrida avtotransport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatlanishini ta’minlash maqsad qilingan. A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida xavfsizlikni ta’minlagan holda avtomobil va temiryo‘lga xavf soluvchi tog‘ yuqori qiyaliklaridagi nomustahkam, yo‘lga tushish xavfi bo‘lgan katta tosh massalari tadbirlar davomida bartaraf etildi.
Izoh (0)