Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryo viloyatida daryo qirg‘og‘idagi 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, fuqaro G.K.ning IIV JQB KvaIJQKB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limiga qilgan murojaatiga asosan, Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fuqaro M.B. va boshqalar Sirdaryo tumani “Kamolat” mahallasi hududidan daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish uchun “B.G.” MCHJga ajratilgan 4,5 gektar bo‘sh yer maydonini 240 ming dollarga sotishga va 1 ming dollar evaziga tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishga kelishib, kelishilgan pullardan 13 ming dollarni ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi