O‘zbekistonda 2022-yil 1-oktabrdan ayrim sohalarda davlat kosmik monitoringi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Prezidentning “2022—2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-357-son) qaroriga asosan, quyidagi 7 ta ijtimoiy-iqtisodiy sohada bosqichma-bosqich majburiy tartibda sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
- o‘rmon xo‘jaligi;
- qishloq xo‘jaligi;
- geologiya va kon-metallurgiya;
- suv xo‘jaligi;
- transport va yo‘l xo‘jaligi;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
Izoh (0)