• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nyu-Yorkning chorak qismini yakson qilgan yong‘in, Suxumidagi fojialar — gruzin samolyotlarining urib tushirilishi, Rossiya parlamentini tarqatib yuborgan Yelsin. Kun xronologiyasida 21-sentabr

    21-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan 1776-yilda AQSH mustaqilligi uchun ketayotgan urushlarda Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan katta yong‘in, Suxumidagi gruzin samolyotlarining urib tushirilishi va Yelsinning Rossiya Oliy kengashini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi 1400-sonli qaroriga oid faktlar o‘rin olgan.

    Nyu-Yorkdagi katta yong‘in

    Nyu-Yorkdagi katta yong‘in 1776-yilning 21-sentabr kechasi Manxetten orolining janubiy qismida yuzaga kelgan. Yong‘in AQSH mustaqilligi uchun boshlangan urushlar davrida Britaniyaning shaharni egallash bo‘yicha harbiy hujumlari oqibatida sodir bo‘lgan.

    Foto: Mobile Legends

    Yong‘in oqibatida shaharning 25 foizgacha bo‘lgan qismi yakson bo‘lgan, omon qolgan binolarda ham talonchiliklar amalga oshirilgan. Ko‘pchilik yong‘in qasddan uyushtirilgan degan taxminda bo‘lgan va turli versiyalarni ilgari surgan. Britaniyalik komandirlar yong‘inda isyonchilarni ayblagan.

    1775-yilning aprelida, AQSH mustaqilligi uchun urushlar avvalida Nyu-York eng muhim savdo markazi hisoblangan, biroq hali megapolisga aylanmagan edi. U Manxetten orolining janubiy qismini egallagan, aholisi esa taxminan 25 ming kishini tashkil etgan.

    1776-yilning yoz fasli boshlarida, urush boshlanishi avvalida britaniyalik general Uilyam Xay shaharni egallash va harbiy aloqalarda muhim ahamiyatga ega ko‘rfazda nazoratni o‘rnatish bo‘yicha kampaniya boshlagan. Iyul oyida Staten-Aylend egallangach, u ukasi admiral lord Richard Xay qo‘llab-quvvatlovi ostida Long-Aylendga muvaffaqiyatli hujumni uyushtirgan. Amerikalik general Jorj Vashington shaharning qulashini anglab, armiyaning asosiy qismini 16 kilometr shimolga ko‘chirgan. Ayrim generallar, jumladan, Nataniel Grin va Jon Jey britanlarni baza va foydali harbiy pozitsiyasiz qoldirish maqsadida Vashingtonni shaharni yoqib yuborishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Vashington ushbu masalani Ikkinchi kontinentlar kongress oldiga qo‘ygan va ular ushbu chorani rad etgan: “har qanday holatda ham shaharga zarar yetmasligi kerak”.

    Foto: Mobile Legends
    1776-yilning 15-sentabr kuni general Xay boshchiligidagi britan qo‘shinlari Manxetten oroliga kelgan. Ertasi kuni britanlar Garlem tepaligiga ko‘tarilib, jangga kirishgan, qolgan kuchlar esa shahar tomon otlangan.

    1776-yilning 21-sentabr tongida shaharni olov egallagan. Jon Jozef Genri ismli guvohning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in Uaytxoll-slip ko‘rfazi yaqinidagi “Jangchi xo‘rozlar” qovoqxonasidan boshlangan. Quruq ob-havo va kuchli shamol sabab alanga shahar bo‘ylab tezda yoyilgan. Aholi qo‘liga ilingan buyumlari bilan ko‘chaga otilgan va shahar chetidagi cho‘l hududdan pana joy topgan (hozirda bu yerda Siti-Xoll-park joylashgan). Alanga Biver-strit yaqinidagi Brodveydan o‘tib, Gudzon daryosi orasidagi shaharning katta qismini yo‘q qilgan. Yong‘in shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgach, yordamga kelgan britaniyalik dengiz piyodalari ko‘magida o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida qancha binoga zarar yetganini aniq aytish mushkul, ularning soni 400 tadan 1000 tagacha — shaharning 25 foizigacha bo‘lishi kerak. Olov Troitsa cherkovini yakson qilgan, Avliyo Pavel kapellasi esa omon qolgan.

    General Xayning Londonga yuborgan bildirgisida yong‘in qasddan uyushtirilgani aytilgan: “Bu yaramaslar tomonidan shaharni yo‘q qilishga bo‘lgan eng dahshatli urinish”. Qirollik gubernatori Uilyam Trayon bunda Vashingtonning qo‘li bor deb hisoblab, javob yozgan: “Ko‘plab holatlar bunday yovuz harakatdan Vashington manfaatdor bo‘lganini ko‘rsatmoqda” va “shaharda uning armiyasining bir nechta ofitseri yashiringani aniqlangan”. Ko‘plab amerikaliklar ham yong‘in vatanparvarlar lageridagilar tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblagan.

    Suxumidagi fojialar: gruzin samolyotlari qanday urib tushirilgan edi?

    Bundan 29 yil oldin 21-sentabr kuni Gruziya avialiniyasiga tegishli “Tu-154” samolyoti Suxumi aeroportida qo‘nish vaqtida urib tushirilgandi. Halokat oqibatida shaharda qamalda qolgan garnizonga yordamga uchib ketayotgan gruzin kuch tuzilmalari vakillari halok bo‘lgan. Hujumlar seriyasi natijasida abxaz tuzilmalari urushni o‘z foydasiga burib yuborgan.

    Foto: Wikimedia

    1993-yilda gruzin-abxaz urushi hal qiluvchi pallaga kirgan. Suxumi uchun qaqshatqich janglar davom etib, yakunda shahardan gruzin kuchlari quvib chiqarilgan. Boshqa hududlardagi harbiylar bilan quruqlik orqali aloqaga ega bo‘lmagan gruzinlar ta’minot va yordam uchun harbiy havo makonidan foydalanishga majbur bo‘lgan.

    Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida abxaz kuchlari dushman taraf samolyotiga ov boshlagan. Qo‘lga olish epimarkazi muntazam o‘t ochishlarga qaramay, faoliyatini davom ettirayotgan Suxumidan 18 kilometr uzoqlikdagi Babushara qishlog‘ida joylashgan aeroport bo‘lgan. 20—23-sentabr kunlari abxazlar beshta avialaynerni yo‘q qilishga erishgan. Hujum qilayotgan tomon asosan bitta taktika bo‘yicha ishlagan: dengizdan turib, qo‘nayotgan samolyotlarga o‘t ochgan.

    Sentabr oyidagi birinchi halokat 20-sentabr kuni “Tu-134” samolyoti bilan ro‘y bergan. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Ertasi kuni Sochidan kelayotgan Transair reysi urib tushirilgan. Soat 16:25 da ushbu modeldagi bortga “Grif” kateridan “Strela-2” KZRM tomonidan raketa hujumi amalga oshirilgan.

    Samolyot dengizga qulagan: barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan, ular orasida rossiyalik jurnalistlar bo‘lgan, boshqa versiyaga ko‘ra, bortda Suxumi aeroporti xodimlari va ekipaj a’zolari bo‘lgan — jami 28 kishi.

    Fojia gruzin televideniye xodimlari tomonidan tasvirga olingan. Kadrlarda “Grif”dan raketa uchib chiqib, samolyotga borib teggani aniq ko‘rilgan. Kater suzib ketgan. U qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan o‘chirilgan o‘q yetib boradigan masofada bo‘lsa-da, javob hujumi amalga oshirilmagan.

    Rossiya siyosiy rahbariyati sodir bo‘lgan holatga hech qanday izoh bermagan. Mamlakat prezident va Oliy kengashning qarama-qarshiliklariga cho‘mgan edi, shu sababli Sochidan amalga oshirilgan reys shunchaki e’tibordan chetda qoldirilgan. Mazkur holat Rossiya nazoratining kuchsizlangani haqida signal edi.

    22-sentabr kuni halok bo‘lganlar soni bo‘yicha eng yirik halokat sodir bo‘lgan. Tbilisidan 120 nafar politsiyachi, shuningdek, shifokorlar va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan “Tu-154” urib tushirilgan. Hujum ham yuqoridagi sxema bo‘yicha amalga oshirilgan. Bort katerdan o‘qqa tutilgan: raketa dvigatelga teggan, shundan so‘ng samolyot bir tomonga og‘a boshlagan.

    Kadr: YouTube

    Shunga qaramay, uchuvchilar samolyotni havo kemasini to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘ladi va soat 18:36 da qo‘nishni amalga oshiradi. Biroq yetkazilgan shikast juda jiddiy edi. Avialayner uchish-qo‘nish yo‘lagiga urilib, undan tashqariga chiqib ketadi va to‘kilgan yonilg‘i sabab yong‘in chiqadi.

    Foto: Wikipedia

    Kuchli yong‘in va u tufayli yuzaga kelgan vahima ko‘pchilikning umriga zomin bo‘lgan. Jamoaning faqat to‘rt a’zosi va 20 nafarga yaqin harbiy omon qolgan.

    Gruzin tomoniga ko‘ra, “yer-havo” tipidagi raketa bir kun oldin “Tu-134” urib tushirilgan o‘sha harbiy katerdan uchirilgan. Avialayner Suxumidagi harbiy garnizonga bir necha tonna oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotgan bo‘lgan.

    Bu juda dahshatli fojia edi. O‘t o‘chirish jamoasi xodimlari samolyotdagi yong‘inni o‘chirishga urinar, biroq bakda yonilg‘i juda ko‘p edi. Biroq oldindan bundan ham mudhish ishlar kutib turgandi. Hali samolyot qoldiqlari ostidan halok bo‘lganlarning jasadlarini olib chiqish kerak. Ko‘pchilik buni uddalay olmagan, hatto ayrimlar holatga qarashga ham botinmagan.

    Halok bo‘lganlar orasida The Wall Street Journal uchun Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze bilan intervyu uyushtirish uchun yo‘l olgan Aleksandra Tattl ismli muxbir ham bo‘lgan. “Tu-154”ning halokati Gruziya va Abxaziya tarixidagi eng yirik aviahalokat bo‘lib qoladi.

    Abxazlar 23-sentabr kuni navbatdagi “Tu-134” samolyotini ham nishonga oladi — bu safar BM-21 “Grad”dan foydalanilgan. Favqulodda holat tinch aholini bortda chiqarish vaqtida sodir bo‘lgan. Ekipaj snaryad urilishi oqibatida yuzaga kelgan yong‘indan odamlarni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, jamoa a’zolaridan biri halok bo‘lgan. “Tu-154”ga berilgan yana bir hujumda ham hech kim halok bo‘lmagan.

    24-sentabr kuni gruzinlar “qotil-kater”ni yo‘q qilishda jiddiy bel bog‘laydi. Biroq ular muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Suxumi aeroportidan ko‘tarilgan bombardimonchi havoga ko‘tarilish vaqtida urib tushiriladi. Harbiy kemani qo‘lga olishga yuborilgan kemaning o‘zi Achba guruhi tomonidan ushlangan.

    “Rossiya inqirozni boshdan o‘tkazmoqda”: Yelsin qanday qilib parlamentni tarqatib yuborgan edi?

    1993-yilning 21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Boris Yelsin mamlakatning oliy davlat organi — Oliy kengash va Xalq deputatlari kengashi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi 1400-sonli qarorni imzolagan edi. Parlament raisi Ruslan Xasbulatov sodir bo‘layotgan voqealarni “Konstitutsiyaga qarshi to‘ntarish” deb atagan. Moskva ikkita siyosiy guruh o‘rtasida bo‘lindi — shu kundan mamlakatda ichki siyosiy mojaro boshlandi.

    1991-yil. Boris Yelsin va Ruslan Xasbulatov

    1991-yil. Boris Yelsin va Ruslan Xasbulatov
    Foto: “RIA Novosti”

    Valeriy Zorkin raisligidagi Konstitutsiyaviy sud zudlik bilan ushbu qarorni mamlakat bosh qonuniga mos kelmaydi deb e’lon qiladi. Oliy kengash mamlakat rahbarini lavozimdan chetlatish qarorini qabul qilgan. Aleksandr Ruskoy vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Sotsiologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, oradan 20 yil o‘tgach rossiyaliklarning aksariyati 1993-yilning oktabridagi voqealarda haqiqat Oliy kengash tarafida bo‘lgan deb hisoblaydi.

    Boris Yelsin o‘zining “Prezidentning qaydlari” kitobida 1400-sonli qaror ustidagi ishlarni sentabrdan, sog‘lig‘i yomonlashgani bois Barvixa qarorgohida bo‘lgan paytida boshlaganini eslaydi. Hujjat bo‘yicha dastlabki ishlarni prezident yordamchisi Viktor Ilyushin boshlagan. “Yelsin davri” kitobida u qiziq bir voqeani eslaydi. Prezident jamoasidagi odamlardan birini chaqirib, hujjat qoralamasini ko‘rsatgan. “Yelsinga xos pocherk bilan katta harflarda bir nechta band yozilgandi: ‘syezd va Oliy kengashni tarqatib yuborish’, ‘Konstitutsiyaviy sudni tarqatib yuborish’, ‘bosh prokuror prezidentga bo‘ysunadi’”.

    “Bilasizmi, Boris Nikolayevich bu Gyotening ‘Faust’idan kuchliroq, lekin o‘ylaymanki buning ustida mutaxassislar ham ishlashi kerak”, — degan suhbatdosh.

    Bir necha kundan keyin ishga davlat rahbarining huquqiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Yurit Baturin jalb etilgan. Prezident xavfsizligi xizmati boshlig‘i Aleksandr Korjakov Boris Yelsin atrofidagi ko‘pchilikdan bu bo‘yicha maslahat olgan. Korjakovning o‘zi, uning aytishicha, davlat rahbariga Rossiyaning yangi Konstitutsiyasiga kirgan ko‘plab yangiliklarni maslahat bergan. Xavfsizlik xizmati boshlig‘i 1400-sonli qaror ustida ham ishlagan: “Parallel ravishda Federatsiya yig‘inni shakllantirish ishlari ham davom etardi. Birinchi variantda senatorlarni saylash kerak edi. Natijada mening g‘oyamga ko‘ra, ularni viloyatlar gubernatorlari va raislaridan shakllantirishga qaror qilishdi”.

    Foto: “TASS”

    17-sentabr kuni Viktor Ilyushin prezident kanselyariyasiga qo‘ng‘iroq bilib, uning mudiri Viktor Semenchenkoga “Qaror uchun biror butun raqaming bormi?”, deya so‘ragan. Semenchenko “1400 raqami to‘g‘ri keladimi?”, — javobiga u “Ma’qul, ro‘yxatdan o‘tkaz”, degan.

    21-sentabr kuni qaror imzolangan. Soat 17:00 da Kremlda prezidentning soat 20:00 da efirga ketishi kerak bo‘lgan videomurojaatini yozib olish boshlangan. Oradan bir soat o‘tgach, Valeri Zorkin Konstitutsiyaviy sud favqulodda yig‘ilish boshlanishini e’lon qilib, unda prezident qarorining qonuniyligi ko‘rib chiqilishini aytgan.

    “Prezident va nihoyat, o‘z sheriklari va raqiblari anchadan buyon kutib kelayotgan ishni amalga oshirdi. Kecha u tomonidan amaldagi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida imzolangan qaror Xalq deputatlari kengashi va Oliy kengashning barcha funksiyalarini to‘xtatadi. Yangi parlament — Federal yig‘in uchun saylovlar shu yilning 11-12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Shu orqali prezident qarorida aytilmagan bo‘lsa-da, Rossiyada saylovlarga qadar prezident boshqaruvi joriy etildi”, — deyiladi “Kommersant” gazetasining maqolasida.

    Prezidentning mazkur qarori Rossiya viloyatlari rahbarlari tomonidan turlicha qabul qilindi. Arxangelsk va Petropavlovsk-Kamchatka bir ovozdan Yelsinni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Saxalin, Novosibirsk, Lipetsk va Xakasiya qonunchilari qarorga mutlaq qarshi bo‘lgan. Moskva va Chelyabinskda esa ikkiga bo‘linish yuzaga keldi: ijro hokimiyati qarorni qo‘llagan bo‘lsa, qonunchilar unga qarshi edi.

    Foto: “Gazeta.ru”

    21-sentabr kuni soat 23:00 da Oq uyga kirish bloklandi. Bir soat oldin Oliy kengashning favqulodda yig‘ilishida Aleksandr Ruskoy prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Oldinda patriart Aleksey II bilan murakkab muzokaralar kutib turardi.

    Rossiya Oliy kengashi tarafdorlari, 1993-yil

    Rossiya Oliy kengashi tarafdorlari, 1993-yil
    Foto: “RIA Novosti”

    O‘sha voqealarning deyarli barcha ishtirokchilari 1400-sonli qaror imzolangan paytda urishayotgan tomonlar shaxsiy qarama-qarshiliklarga shunchalik berilib ketganki, ular mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muzokaralar stoliga o‘tira olmagan. “Shunday imkoniyat bo‘lganida, biz undan foydalangan bo‘lardik. Biroq tomonlar murosa qiladigan emasdi. Va bu boradagi mas’uliyat o‘sha vaqtda Oq uyda o‘tirganlarning zimmasi yotadi”, — deydi Gadis Gajiyev.

    Oliy kengash raisi Ruslan Xasbulatov bunga mutlaqo qo‘shilmasligini ma’lum qilgan: “Yelsin bir kun oldin meni chaqirib, shunaqa qaror imzolamoqchi ekanini aytganida, biz kelishib olardik. Lavozimimga yopishib olmagan va butun dunyoga sharmanda bo‘lishning oldini olgan bo‘lardik”. Xasbulatovning so‘zlariga ko‘ra, u Kremlga muzokaralar o‘tkazish uchun muntazam signal jo‘natganini, biroq na prezident, na bosh vazir Viktor Chernomirdin uchrashishga rozi bo‘lmagan.

    Ruslan Xasbulatov

    Ruslan Xasbulatov
    Foto: “RIA Novosti”

    Boris Yelsin pozitsiyasini Chernomirdin boshchiligidagi hukumat a’zolari, Moskvaning keng ta’sir doiraga ega meri Yuriy Lujkov, maxsus xizmatlar rahbarlari, qator gubernatorlar va respublika yetakchilari qo‘llab-quvvatlagan. Xasbulatov mamlakat vitse-prezidenti Aleksandr Ruskoy bilan ittifoqda bo‘lgan.

    Prezident xavfsizlik xizmati rahbari Korjakovning ma’lum qilishicha, Yelsin va Oliy kengash o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 1992-yildan boshlangan hamda bosqichma-bosqich kengayib borgan. “Avvaliga u sezilmas edi, Xasbulatov atrofida tarafdorlarini to‘playotgani, Yelsinning iqtisodiy islohotlari va harakatlarini tanqid qilishi bilan boshlangan”, — deydi u.

    Bo‘linish iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishning turli qarashlari sabab sodir bo‘lgan. Prezident tarafdorlari tashabbuslarni zudlik bilan joriy etish istagida bo‘lsa, ularning raqiblari shoshilmaslikka chaqirgan. Yelsinchilarning fikricha, munozaralarga Rossiya konstitutsiyasi sabab bo‘lgan. Davlat rahbari o‘z vakolatlarining cheklanganidan noqulaylik sezgan. Yelsin va uning tarafdorlari jamiyatni demokratlashtirish yo‘lidagi Oliy kengashni, xususan, uning rahbariyati asosiy to‘siq deb hisoblagan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Sergey Bodrov o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘chki, Islomoboddagi Marriott mehmonxonasida terakt va Perm davlat universitetida ommaviy qotillik. Kun xronologiyasida 20-sentabr

    21.09.2022, 09:30   Izoh (0)   44088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sadir Japarov BMT minbaridan turib Emomali Rahmon o‘zi rozi bo‘lgan tamoyillardan og‘ayotganini ma’lum qildi

    21.09.2022, 09:19

    Oq uy Donbassdagi referendumlarni suverenitet tamoyillarini haqorat qilish deb hisobladi

    21.09.2022, 08:22

    “Referendumlar Kiyevning rejalarini o‘zgartirmaydi” — Ukraina tashqi ishlar vaziri

    21.09.2022, 00:21

    Makron Ukrainadagi referendumlarni “bema’nilik” deb atadi

    21.09.2022, 00:01

    Erdo‘g‘on xalqaro hamjamiyatni Rossiya va Ukrainaga inqirozdan to‘g‘ri chiqish yo‘lini ko‘rsatishga chaqirdi

    20.09.2022, 23:54

    Ilon Mask AQSH rasmiylaridan Starlink servislarining Eronda ham ishlashiga ruxsat so‘ramoqchi

    20.09.2022, 23:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ikkita viloyatda jami 411 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:35

    Jizzaxda IIO xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga izoh berildi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:07

    O‘zbekistonda 10-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 09:56

    Oston O‘runovning goli “Persepolis”ga g‘alaba olib keldi (video)

    Sport | 9 may, 08:58

    Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 08:44

    Yevropa Ligasi. Angliyaning ikki klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 9 may, 08:44

    Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi

    Dunyo | 9 may, 08:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.