Germaniya hukumati sanksiyalar doirasida 4,8 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Germaniya Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga tayanib “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu muzlatilgan aktivlarning 2,2 milliard yevrodan ortiq qismi naqd pul, 1 milliard yevrodan ortig‘i esa shaxsiy mulk hisoblanadi. Qolgan mablag‘ ko‘chmas mulk va boshqa aktivlarga to‘g‘ri keladi.
Iyun oyining o‘zida Germaniyada musodara qilingan barcha Rossiya aktivlarining summasi 4,5 milliard yevroni tashkil qilgan.
Iyul oyi o‘rtalarida Yevropa Itiifoqi mamlakatlaridagi muzlatilgan Rossiya aktivlarining miqdori 13,8 milliard yevroni yetgan.
Avvalroq Germaniya Rossiyaga qarashli neftni qayta ishlash zavodlarini nazorat ostiga olgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)