Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich mamlakatdagi safarbarlik haqidagi savolga javob berdi, deya xabar beradi Regnum.
Belarus harbiy bloki tahdidlarga javob berishga qodir, shuning uchun mamlakatda safarbarlik masalasi kun tartibida emas. Bu haqida Volfovich 21-sentabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan Moskvadagi uchrashuvidan so‘ng ma’lum qilindi.
“Mobilizatsiya biz uchun emas, Belarus xalqi va mamlakat allaqachon safarbar qilingan”, — dedi u.
Volfovichning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning salohiyati o‘z hududi daxlsizligini saqlash uchun yetarli.
Eslatib o‘tamiz, 21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin televideniye orqali qilgan chiqishida Rossiya Federatsiyasida qisman safarbarlik e’lon qilgan edi.
Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoyguning ta’kidlashicha, safarbarlikka Rossiyada mavjud bo‘lgan jami resurslarining qariyb 1 foizi – salkam 25 million kishi jalb qilinadi.
Izoh (0)